Bugun erta tongdan Fargʻona viloyatida faoliyat olib borayotgan davlat xizmatlari markazlari xodimlari markazga kirib kelgan ayol mijozlarga yuksak ehtirom koʻrsatyapti. Ularni shirin tabassum va gullar bilan kutib oldi. Qizigʻi shundaki, mijozlar ham ayollarimizga hurmat koʻrsatib, ularga iliq fikrlar bildiryapti.
— Bugun Quva tuman davlat xizmatlari markaziga subsidiya uchun hujjatlarimni topshirishga kelgandim, xodimlar gullar bilan qarshi olishdi, — deydi Xumora Otajonova. — Toʻgʻrisi, juda hayajonli boʻlarkan. Ayniqsa, kutilmaganda. Bu tizim davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan tashkil etilganidan xabarim bor. Shuning uchun markazlarning va tizimning imidji oʻziga xos. Barcha xodimlar yoshlardan iborat. Bugungidek turli tashabbuslar va kreativ gʻoyalar bilan hammani xursand qiladi bular.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, Fargʻona viloyati boʻylab barcha markazlarda ayollar bayrami munosabati bilan ularga navbatsiz xizmat koʻrsatish aksiyasi joriy etilgan.
DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.