Mamlakatimizning barcha hududlarida Davlat xizmatlari agentligi, Maktabgacha ta’lim hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan «Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi» mavzusida tasdiqlangan o‘zaro hamkorlik Memorandumi doirasida muntazam ravishda o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinyapti.
Seminarlar davomida ta’lim muassasalari xodimlari va o‘quvchilari o‘rtasida Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlardan onlayn tarzda foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilyapti.
Agar 2020-yil davomida davlat xizmatlaridan onlayn tartibda foydalanish bo‘yicha Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami 4 417 ta murojaat qabul qilingan bo‘lsa, olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari natijasida joriy yil 20-may holatiga davlat xizmatlaridan onlayn tartibda foydalanish bo‘yicha fuqarolardan 2 755 ta elektron murojaatlar qabul qilingan.
Darhaqiqat, olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari hamda karantin qoidalariga amal qilgan holda odamlar ko‘p to‘planadigan joylarga borishdan saqlanish ehtiyoji tufayli davlat xizmatlaridan onlayn tartibda foydalanish ommalashyapti.
Ayniqsa, bugungi kunda har bir fuqaroda mobil aloqa vositalari orqali internet tarmog‘iga ulanish va zarur xizmatlardan my.gov.uz sayti orqali mustaqil ravishda davlat xizmatlarini olish imkoniyati bor. Ushbu imkoniyatdan foydalanish esa faqatgina taraqqiyotga xizmat qilishi tayin.
Bekzod Artikov,
Davlat xizmatlari agentligi
Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i.