Muloqotda Prezidentimiz sarmoyadorlarni “xorijlik” va “mahalliy” deb ajratishga munosabat bildirdi.

“Kapitalning, ilgʻor gʻoyaning va halol mehnatning millati yoʻq!”, - dedi davlatimiz rahbari va Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun yangi gʻoya – “OʻZ” falsafasini ilgari surdi.

“OʻZ” – Oʻzbekiston, Oʻzgarish, Oʻzlik va Masʼuliyat degani. Kimki yurtimizga sarmoya kiritib, zamonaviy texnologiya olib kelsa va odamlarga ish oʻrni yaratsa, qaysi mamlakat yoki shahardan kelganidan qatʼi nazar, umumiy taraqqiyotga hissa qoʻshadi.

– Kimki Yangi Toshkentni yoki Shirinni biz bilan birga qursa, demak, u toʻlaqonli oʻzimizniki! — dedi Prezidentimiz. — Sarmoyadorlarning mulki va biznesi qonun, davlat va shaxsan oʻzining qatʼiy himoyasida boʻlishini qayd etdi.

Shundan soʻng Prezidentimiz investorlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvda bildirilgan takliflar eʼtiborsiz qolmasligi, tez kunlarda tegishli qaror qabul qilinishi aytildi. Mamlakatimiz yetakchisi bir oydan soʻng Yangi Toshkentga yana kelib, berilgan topshiriqlar ijrosini koʻrib chiqishini taʼkidladi.

Yakunda davlatimiz rahbari investor va tadbirkorlarni “Oʻz gʻoyang! Oʻz sarmoyang! Oʻz kelajaging! Yangi Oʻzbekiston, Yangi Toshkent – oʻzimizniki!” degan yangi shior atrofida birlashishga chaqirdi. Yangi Toshkentda mamlakatimiz uchun muhim boʻlgan koʻplab oʻziga xos loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun yangi gʻoya – “OʻZ” falsafasini ilgari surdi