Davlatimiz rahbari farmatsevtika korxonasi faoliyati bilan tanishdi

    Hukumat 29 Iyul 2021 8096

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahridagi “Jurabek laboratories” qoʻshma korxonasi faoliyatini koʻzdan kechirdi.

    Korxona 48 million flakon infuzion eritmalar, 480 million dona ampula, 60 million dona quruq antibiotiklar, 20 million dona liofilizatsiya qilingan dori shakllarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.

    Bu yerda GLP laboratoriyasi mavjud, xalqaro GMP standarti joriy etilgan.

    Korxona tomonidan 300 turdan ortiq dori vositalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. 15 dan ortiq xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.

    Bugungi pandemiya davrida juda muhim boʻlgan remdesivir, favipiravir, geparin, enoksaparin kabi dorilar ham ishlab chiqarilmoqda.

    Biotexnologiyalar sohasida monoklonial antitanachalar turidagi dori vositalarini ishlab chiqarish boʻyicha 30 million dollarlik yangi loyihaga kirishilgan.

    Korxonada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish moʻljallanmoqda.

    Davlatimiz rahbari shu boradagi texnik imkoniyatlar bilan tanishdi.