Davlatimiz rahbari Senat aʼzosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida ishtirok etmoqda.

    Davlatimiz rahbari oʻz nutqida yuksak ishonchga sazovor boʻlib, Senat aʼzosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi. Senatorlar Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, erkin va farovon hayot yaratish yoʻlida bor bilim va tajribasini, kuch va salohiyatini ishga solishiga umid bildirdi.

    Saylovlar natijasida beshinchi chaqiriq Senatning tarkibi sifat jihatidan yuqori darajada – koʻplab yetakchi soha va tarmoqlar vakillari, taniqli siyosat, iqtisodiyot, ilm-fan va madaniyat namoyandalaridan iborat boʻlib shakllangani taʼkidlandi.

    Senatorlarning har 3 nafaridan biri ilmiy darajaga ega. Qariyb 27 foizi yoki 16 nafari xotin-qizlar ekani oila, onalik va bolalik, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, umuman, ijtimoiy masalalar boʻyicha qonunchilik faoliyati hamda parlament nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.