Davlatimiz rahbari Xoʻjand shahriga keldi

    Hukumat 11 Iyun 2021 5390

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifi doirasida 11-iyun kuni Dushanbedan Xoʻjandga keldi.

    Oliy martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

    Xoʻjandda davlatimiz rahbari tashrifiga katta tayyorgarlik koʻrilgan. Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan aeroport va koʻchalarda jamoatchilik vakillari Prezidentimizni katta xursandchilik bilan kutib oldi.

    Ikki mamlakat yetakchilari qisqa uchrashuv oʻtkazib, birgalikda Xoʻjand yaqinidagi “Arbob” madaniyat saroyiga yoʻl oldilar.