“Davlatobod” elektr taʼminoti korxonasi qayta tashkil etildi

    Energetika 19 Noyabr 2020 1011

    Namangan shahrining Davlatobod tumanida “Davlatobod” elektr taʼminoti korxonasi qayta tashkil etildi.

    “Davlatobod” elektr taʼminoti korxonasi 40 mingga yaqin maishiy isteʼmolchi, 1,5 mingga yaqin turli sohalardagi ulgurji isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish boʻyicha xizmat qiladi.

    Shuningdek, hududda 5 ta kichik sanoat zonasi, turizm maskani — “Afsonalar vodiysi”, namunali koʻp qavatli uylar, “Namangan Square” va “Namangan smart city” kabi istiqbolli loyihalar mavjud.

    “Davlatobod” elektr taʼminoti korxonasi 6-kichik tuman, Xotira koʻchasi, 4-uyda joylashgan.