Namangan shahri tarkibida yangidan tashkil etilgan tuman hududida 25 ta mahalla fuqarolari yigʻini, 33850 ta xonadon, 421 ta koʻp qavatli uy, 3 ta kasb-hunar kolleji, 18 ta umumtaʼlim maktabi, 24 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 5 ta tibbiyot muassasasi, 1280 gektar qishloq xoʻjaligi yerlari, 698 ta xizmat koʻrsatish obʼekti, 429 ta sanoat korxonasi hamda 2 ta madaniy meros obʼekti mavjud.
Tuman aholisi 149,6 ming nafarni tashkil etib, Namangan shahar aholisining 23,8 foizini qamrab oladi. Mazkur hudud istiqbolda zamonaviy koʻp qavatli uylar qurilishi hisobiga urbanizatsiya jarayoni jadallashishiga, shuningdek, yangi infratuzilma obʼektlari barpo etilishi va aholiga xizmat koʻrsatish tizimi yana-da rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.