Davlatobodda gidroponika usulida qulupnay yetishtirilmoqda

    Ikki haftada pishadigan poliz ne'mati haqida eshitganmisiz? Unda Namangan shahrining Davlatobod tumaniga keling.

    O'rta Rovuston mahalla fuqarolar yig'ini, "Kurmak" ko'chasida yashovchi Rivojiddin va G'iyosiddin Nuriddinovlar 35 sotixli issiqxonasida gidroponika usulida 15 kunda tayyor bo'ladigan qulupnaylar yetishtirishmoqda.

    Mazkur MFY raisi Ilhomjon Usmonov o'zini o'zi band etgan ishbilarmon kishilar faoliyatini o'rganish maqsadida ular bilan suhbatlashib, tajribalari va rejalariga qiziqdi.

    Qish faslining sovuq havosiga qaramay, kecha-yu kunduz tinmay mehnat qilib, ekinlarini parvarishlagan qahramonlar aholi ehtiyoji uchun endilikda dehqon bozori va do'konlarga qulupnay yetkazib berish niyatida.

    Davlatobod tumani hokimligi axborot xizmati yozishicha, tumanning boshqa hududlaridagi tadbirkorlar tomonidan ham bunday usulda kartoshka, pomidor, bodring va hattoki qovun mahsulotlarini yetishtirish ko'zda tutilgan.