Davlatobod tumanida istiqomat qiluvchi ota aliment toʻlovchiligi sababli uning xorijga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan edi.
U Majburiy ijro byurosi Davlatobod tuman boʻlimiga murojaat qilib, 2 nafar farzandi taʼminoti uchun 5-yilligini oldindan toʻlashni bildirdi.
Mazkur ijro ishi yuzasidan olib borilgan harakatlar davomida unga qonunda belgilangan huquq va majburiyatlar tushuntirildi. Shundan soʻng, davlat ijrosi tomonidan amaldagi tartibga koʻra 2030-yilga qadar boʻlgan davr uchun hisob-kitob qilinganda 129 mln soʻmni tashkil etdi. Farzandlar onasi besh yillik aliment pullarini oldi va sudning ajrimiga muvofiq ijro etish usuli oʻzgartirildi.
Davlatobodlik otaning xorijga chiqish cheklovi yechildi.