Unda Yoshlar parlamenti mutasaddilari va aʼzolari, Ichki ishlar vazirligi kursantlari, shuningdek, saylovda ilk marta qatnashayotgan yoshlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida Yoshlar parlamenti tomonidan yoshlarning saylov qonunchiligi boʼyicha huquqiy bilimlarini oshirish borasida maʼlumotlar berildi. Suhbat davomida uyushmagan yoshlar ogʼir nuqtamiz ekani taʼkidlanib, ayni paytda har bir mahallada “Targʼibotchilar” guruhi tashkil etilgani, ularni bir joyga uyushtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida soʼz bordi.
Yoshlar parlamenti axborot xizmati taqdim etgan maʼlumotlarga koʼra, Prezidentlik saylovida qatnashadigan umumiy saylovchilarning qariyb 7 millioni yoshlarni tashkil etsa, ulardan 880 mingtasi birinchi marta saylovda ishtirok etadi. Demak, yoshlar bergan har bir ovoz mamlakatimiz kelajagi uchun juda muhim. Yoshlarning “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosidagi bu kabi uchrashuvlarning tashkil etilishi saylov shaffof oʼtishiga xizmat qiladi.
Davra suhbati soʼnggida yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Suhrob TUGАLOV