Dayibekova Tunis Gran-prisida 8-oʻrinni egalladi

    Tunisda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan Gran-pri turnirida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan eng yuqori natijani Zaynab Dayibekova qayd etdi.

    OʻzAning xabar berishicha, murosasiz bahslar davomida Olimpiya oʻyinlarining ikki karra kumush medali sohibi, fransiyalik Sara Balser singari taniqli qilichbozlarni magʻlubiyatga uchratgan Zaynab Dayibekova chorak finalda yana bir fransuz sportchisi Sara Nuchaga bilan roʻbaroʻ keldi.

    Shiddatli oʻtgan musobaqada hamyurtimiz 8-oʻrin bilan kifoyalanish asnosida xalqaro reyting uchun kerakli ballarni jamgʻarishga muvaffaq boʻldi.

    1/32 finalda terma jamoamiz aʼzolari Gulistan Perdebayeva va Fernanda Errera bahsida ligioner sportchimiz gʻalaba qozondi. Errera oʻz navbatida, nimchorak finalda turnirning boʻlajak gʻolibi yaponiyalik Misaki Emuraga 14:15 hisobida yoʻl berishga majbur boʻldi.

    Hamyurtimiz Islambek Abdazov ham nimchorak finalidan soʻng tomoshabinlar qatoridan joy oldi.