баннер
13 Mar 2025
23:14

    DeepSeek sunʼiy intellekti butun dunyoda vahima uygʻotdi

    Xitoyning DeepSeek kompaniyasi sunʼiy intellektga asoslangan bepul chat-bot ishlab chiqardi.

    Bu esa Kremniy vodiysidagi investorlar orasida vahima keltirib chiqardi va fikrlash boʻyicha oʻtkazilgan bir nechta sinovlarda amerikaning ChatGPTʼsidan oʻzib ketdi.

    Taʼkidlanishicha, Xitoyning SI-yordamchisi “butun SI taʼminot zanjirining investitsiya asoslarini jiddiy ravishda zaiflashtirishi mumkin”. U ochiq kodli DeepSeek-V3 modeli asosida ishlaydi. Bu model, aytilishicha, $6 mlndan kamroq mablagʻ sarflanib ishlab chiqilgan. Bu raqobatchilar tomonidan shunga oʻxshash ishlanmalarga sarflangan milliardlardan ancha kam. Biroq, bu daʼvo SI sohasidagi boshqa mutaxassislar tomonidan shubha ostiga olinmoqda.

    Xitoy sunʼiy intellekti taqdim etilishi fonida xalqaro birjalarda haqiqiy vahima boshlandi. Yevropada Nasdaq 100 fond birjasidagi fyucherslar 2,6 foizga, S&P 500 indeksi boʻyicha esa 1,4 foizga pasaydi. Amerikaning texnologiya kompaniyasi Nvidia aksiyalari esa deyarli 10 foizga tushib ketdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech