«DeGolyer and MacNaughton» kompaniyasi bilan muzokara o‘tkazildi

    Energetika 23 Sentabr 2022 665

    Joriy yil 21-sentyabrda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari B. Usmanov «DeGolyer and MacNaughton» kompaniyasining Moskva filiali ijrochi vitse-Prezidenti-Bosh direktori M. Vaiviarovski bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida «O‘zbekneftgaz» AJ va «DeGolyer and MacNaughton» o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek uglevodorod zaxiralari bo‘yicha audit o‘tkazilishini muhokama etildi.

    Ta’kidlash joiz, «DeGolyer and MacNaughton» kompaniyasi tomonidan 2017-2020-yillarda neft va gaz zaxiralarini mustaqil hisoblash va auditi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

    Kompaniya ijrochi vitse-Prezidenti M. Vaiviarovski uchrashuvda «O‘zbekneftgaz» AJ va «DeGolyer and MacNaughton» o‘rtasida imzolangan bitim doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ mutaxassislari uchun uglevodorod resurslarini boshqarish tizimini (PRMS) joriy etish sohasida o‘quv kurslari muvaffaqiyatli tashkil etilganligi alohida ta'kidladi.

    Shu bilan birga, 2023-yilda «O‘zbekneftgaz» AJ mutaxassislari uchun PRMS tizimi bo‘yicha yangi o‘quv kurslarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik bo‘yicha kelgusidagi qadamlarni belgilab oldilar, deb xabar beradi «O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati.