Hindistonning Dehli shahridagi “Indira Gandi” xalqaro aeroportida oltin kontrabandasi bilan shug'ullangan 8 nafar O'zbekiston fuqarosi qo'lga olindi. Bu haqda Hindiston Bojxona departamenti xabar bermoqda.

Bojxona vakillari o'tkazgan operatsiya natijasida qiymati 2,92 million rupiy (taxminan 35 ming AQSH dollari)ga teng tilla zanjirlar musodara qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bir guruh ayollar Toshkentdan yetib kelgan va bojxona xodimlari tomonidan to'xtatilgan. Ularning yuklari ko'zdan kechirilganda, bagajining orqa qismiga mahkamlangan ichi bo'sh metall qutiga yashirilgan umumiy og'irligi 5,3 kilogramm 50 ta tilla zanjirlar topilgan.

Bojxona boshqarmasi bayonotiga ko'ra, olingan tilla zanjirlarning qiymati taxminan 2,92 million rupiyni tashkil qiladi. Tekshiruvdan so'ng, sakkiz nafar yo'lovchi zudlik bilan hibsga olingan.