Dehli aeroportida tomning qulab tushishi oqibatida bir kishi hayotdan ko'z yumdi, sakkiz kishi jarohat oldi

    Dehlidagi Indira Gandi nomidagi aeroportning 1-terminalida tomning bir qismi qulab tushishi oqibatida kamida bir kishi halok bo'ldi, sakkiz kishi jarohatlandi.

    Aeroport vakili jurnalistlarga zararlangan terminaldan barcha aviareyslar vaqtincha to'xtatilganini aytdi.

    Xavfsizlik chorasi sifatida 1-terminaldan barcha avireyslar vaqtincha to'xtatildi va ro'yxatdan o'tish punktlari yopildi”, deya NDTV telekanali uning so'zlaridan iqtibos keltirdi. Shuningdek, u barcha aviareyslar 14:00 ga qadar bekor qilinganini aytdi. Hodisaga kuchli yomg'ir sabab bo'ldi.

    Shu bilan birga, xalqaro avareyslar davom etmoqda, chunki 1-terminaldan faqat ichki aviareyslar, 3-terminaldan esa xalqaro aviareyslar amalga oshiriladi. “Biz bu uzilish uchun chin dildan afsusdamiz va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz”, dedi aeroport rahbariyati.

    Tom ustki qismi va tayanch to'sinlar qulab tushishi tufayli dunyodagi eng gavjum aeroportlardan biri hisoblangan Dehli aeroportining uchish va qo'nish joylarida turgan bir nechta transport vositalariga zarar yetdi. Qutqaruv ishlari davomida temir to'sinlar qulab tushgan avtomobildan marhumning jasadi chiqarib olindi. Qutqaruv ishlari davom etmoqda, deb xabar beradi tass.ru.