2021-yil 12-aprel kuni Lal Bahadur Shastri nomidagi Hindiston madaniy markazi xodimi, Dehli universiteti professori Neyelema Astana xonim Samarqand davlat universitetida  boʻlib, pedagogika fakulteti talabalari, magistrlari va professor-oʻqituvchilari bilan uchrashdi.

Mehmonlar tomonidan Hindiston taʼlim tizimi, oʻqitish uslublari haqida taqdimot namoyish etildi. Maʼruzani uchrashuv qatnashchilari katta qiziqish bilan tingladi.

Shundan soʻng, Dehli universiteti va Samarqand davlat universiteti pedagogika fakultetlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish yuzasidan kelishib olindi.