Dehqon bozorlarda alohida mahsulotlarning eng soʻnggi minimal-maksimal narxlari maʼlum boʻldi

    Mamlakatimizda 22 Iyul 2020 1227

    Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan 2020-yil 21-iyul kuni oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha hududlardagi markaziy dehqon bozorlaridagi alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari eʼlon qildi.

    Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 40 000 soʻmdan 65 000 soʻmgacha (kg)

    Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”ning arzonlashtirilgan goʻsht rastasida qayd etilgan (40 000 soʻm).

    Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (65 000 soʻm).

    Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha (kg)

    Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan.

    Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da(75 000 soʻm) kuzatildi.

    Kartoshka 1 500 soʻmdan 6000 soʻmgacha (kg)

    Kuzatuv natijalariga koʻra, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”dasotuvda boʻlgan yirik boʻlmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (1 500 soʻm) qayd etilgan.

    Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotiltgan saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6000 soʻm) qayd etildi.

    Piyoz750 soʻmdan 3 000 soʻmgacha (kg)

    Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da sotuvda boʻlgan mayda piyozning narxi minimal narx sifatida (750 soʻm) roʻyxatga olindi.

    Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda boʻlgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 000 soʻm).

    Sabzi 1 000 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)

    Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori” da(1 000 soʻm) qayd etilgan.

    Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda boʻlgan tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 soʻm) qayd etildi.

    Tuxum 6 000 soʻmdan 12 000 soʻmgacha (10 dona)

    Kuzatuv natijasiga koʻra, Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori” da sotuvda boʻlgan mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (6 000 soʻm).

    Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”. “Mirobod dehqon bozori” dava “Farhod dehqon bozori” qayd etilgan(12 000 soʻm).

    Guruch 4 800 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

    Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus 2” navli guruch 4 800 soʻm).

    Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

    Oʻsimlik yogʻi 8 400 soʻmdan 14 500 soʻmgacha (litr)

    Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi8 400 soʻm) kuzatildi.

    Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 14 500 soʻm) kuzatildi.

    Shakar 5 800 soʻmdan 7 000 soʻmgacha (kg)

    Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 800 soʻm) qayd etildi.

    Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”va “Mirobod dehqon bozori”da(7 000 soʻm) kuzatildi.