Dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi qancha?

    Mamlakatimizda 8 Iyul 2020 2376

    Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlaridagi alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.

    Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 38 000 soʻmdan 65 000 soʻmgacha (kg)

    Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (38 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (65 000 soʻm).

    Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha (kg)

    Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (75 000 soʻm) kuzatildi.

    Kartoshka 1 500 soʻmdan 5 500 soʻmgacha (kg)

    Olib borilgan kuzatuv natijalariga koʻra, kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (1 500 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 500 soʻm) qayd etildi.

    Piyoz 750 soʻmdan 3 000 soʻmgacha (kg)

    Kuzatuv natijasiga koʻra, piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (750 soʻm) roʻyxatga olindi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (3 000 soʻm).

    Sabzi 1 000 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)

    Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Fargʻona shahrining “Markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (1 000 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (5 000 soʻm) kuzatildi.

    Tuxum 5 000 soʻmdan 12 000 soʻmgacha (10 dona)

    Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da qayd etildi (5 000 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (12 000 soʻm).

    Guruch 4 700 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

    Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus 2” navli guruch 4 700 soʻm). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

    Oʻsimlik yogʻi 8 400 soʻmdan 14 500 soʻmgacha (litr)

    Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 8 400 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 14 500 soʻm) kuzatildi.

    Shakar 5 800 soʻmdan 7 000 soʻmgacha (kg)

    Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 800 soʻm) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 soʻm) kuzatildi.