Mavsumda 30 gektar yerda “oq oltin” yetishtirgan mirishkorlar uygan paxta xirmoni 120 tonnadan oshdi. Dalalarda hosil choʻgʻi moʻl. Fermer hisob-kitoblariga koʻra, gektarlar hosildorligi 50 sentnerga yetkaziladi.
Fermer zimmasiga olgan majburiyatni barjardi. Ammo unga osonlik bilan erishgani yoʻq. Uning zamirida bedorlik, mashaqqatli mehnat, izlanish zavqi turibdi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, paxtachilikdan koʻriladigan daromad miqdori 300 million soʻmdan oshdi.
Shuningdek, tumandagi “Barkamol Murod avlod” fermer xoʻjaligida ham reja bajarildi.
Rasuljon KAMOLOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri