Dehqonobod tumani hokimi oʻrinbosari pora bilan ushlandi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida DXX Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda korrupsiyaviy holatlarni aniqlash va ularga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Dehqonobod tumani hokimi oʻrinbosari mahalliy fermer xoʻjalik rahbarining ishonchiga kirib, uning joriy yilgi 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berish evaziga jami 21 mln. soʻm pora talab qilib, shundan 7 mln. soʻmini oʻzining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

    Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.