Dehqonobodda «Kamaz» va «Gentra» to'qnashuvi natijasida 2 kishi halok bo'ldi

    Tashvishli xabar 28 Noyabr 2021 1544

    Dehqonobod tumanida mudhish YTH sodir bo'ldi. M39 xalqaro avtomobil yo'lining tumandagi “Bibiqorasoch” mahallasi hududidan o'tgan qismida 2021 yilning 27 noyabr` kuni soat taxminan 14:30 da «Kamaz» va «Gentra» avtomobillari to'qnashgan.

    YTH natijasida «Gentra» avtomobilining ikki nafar yo'lovchisi voqea joyida vafot etgan bo'lsa, haydovchi va yana bir yo'lovchi tuman shifoxonasiga yotqizilgan, deb xabar bermoqda Dehqonobod tumani hokimligi.

    Ma'lum bo'lishicha, Kitob tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo'lgan «Gentra» «G'uzor—Termiz» yo'nalishi bo'ylab harakatlanib kelib, «Bibiqorasoch» mahallasi hududidagi M39 xalqaro avtomobil yo'lining 1269 km.ga etganda oldindagi avtobusni quvib o'tish maqsadida chap tomonga qarama-qarshi yo'nalishga chiqqan. Oqibatda tumanning «Otqamar» mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo'lgan «Kamaz» bilan to'qnashgan. Natijada «Gentra» yo'lovchilari J.P. va Z.P. hodisa sodir bo'lgan joyda vafot etgan. Haydovchi va yana bir yo'lovchi esa tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilgach, yashash uyiga javob berilgan.