Delegatsiyamiz Anqarada

    O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi delegatsiyasi Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi hamda Anqara madaniyat va turizm bosh boshqarmasi taklifiga binoan Anqara shahrida bo'lib turibdi.

    Kecha hamyurtlarimiz Turkiya milliy madaniyati va etnografik muzeyi faoliyati hamda bu manzilda mavjud qadimiy eksponatlar, turli xil tarixiy ashyolarni yaqindan kuzatib, sayohat qilishdi.

    Shundan so'ng Anado'li tarixi va madaniyati muzeyida bo'lib, bu yerda saqlanayotgan eksponatlarni zamonaviy uslubda saqlash, servis jihatdan zamon talablari asosida joylashuvlar va pullik xizmatlar sohasiga oid yangiliklar bilan tanishishdi.

    Delegatsiyaning Turkiya davlatiga safari davom etmoqda.