Deliga charter reysi qatnovlari amalga oshiriladi

    Transport 23 Noyabr 2020 1324

    2020-yil 13 va 27-dekabr kunlari Toshkent - Deli - Toshkent charter yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar amalga oshiriladi.

    Qatnovlar quyidagi jadval boʻyicha amalga oshiriladi:

    Toshkent - Deli

    uchish vaqti 14:00, qoʻnish vaqti 17:30;

    Deli - Toshkent

    uchish vaqti 19:00, qoʻnish vaqti 21:30;

    Aviachiptalarni aviakompaniyaning https://www.uzairways.com/uz/press-center/news/toshkent-deli-toshkent-charter-qatnovlar veb-saytidan, shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki yoʻlovchilarning oʻz mintaqasidagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin, deb xabar beradi “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi matbuot xizmati.