Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra haftasiga 5 kun ishlaydiganlar ham 6 kun ishlaydiganlar ham – 30-31-avgust hamda 1-sentyabr kunlari (3 kun) dam oladi.
Xususan:
30-avgust (yakshanba) – kalendar boʻyicha dam olish kuni; 31-avgust (dushanba) – 29-avgust (shanba)dan koʻchirilgan dam olish kuni; 1-sentyabr (seshanba) – ishlanmaydigan bayram kuni.
29-avgust — shanba 5 kun ishlaydiganlar ham 6 kun ishlaydiganlar uchun ham ish kuni hisoblanadi.