«Vaksinatsiyaga qoʻshimcha ravishda niqob tartibini ham joriy qilish kerak. Chunki, kasallikdan himoyalanish uchun vaksinaning oʻzi yetarli emas. Endi biz qisqa vaqt ichida emlanish va karantin qoidalariga rioya etishga harakat qilishimiz kerak, aks holda bu yangi lokdaunga olib keladi», — deya uning soʻzlarini keltiradi RBK.
Vuynovichning soʻzlariga koʻra, emlash kasallikning ogʻir shaklda yuqishi ehtimolini pasaytiradi. JSST vakilining taʼkidlashicha, “Delta plyus” shtammiga oid vaziyat xavotirli, virus tez tarqalmoqda. “Delta” turida kasal boʻlgan odam infeksiyani boshqalarga tez va oson yuqtiradi. Biz hali eng yuqori nuqtaga chiqmadik, virus yuqishi tezlashmoqda», dedi u.
Hindistonda “delta” deb nomlangan koronavirus turi oʻtgan yilning oktyabrida topilgan edi. Oʻsha paytdan boshlab u butun dunyoga tarqaldi. 20-iyun kuni Hindiston hukumati “Delta plyus” deb nomlangan delta mutatsiyasini eʼlon qildi. Keyinchalik, mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu shtammning xavfi haqida xabar berdi. U avvalgisidan yuqori tarqalish tezligi, oʻpka hujayralariga kuchli taʼsir oʻtkazish qobiliyati bilan ajralib turadi. Shuningdek, olimlar yangi shtamm antitanachalar tomonidan yaratilgan himoya vositasini yengib chiqa olishini tan olishdi.