Tadqiqot davomida 70 yoshdan oshgan o'n mingdan ortiq ishtirokchining ma'lumotlari tahlil qilindi. Kognitiv qobiliyatlarini muntazam ravishda mashq qildiragan subyektlarning boshqa sevimli mashg'ulotlari bilan shug'ullanadigan tengdoshlariga qaraganda kelajakda demensiya kasalligiga chalinish ehtimoli 9-11 foizga kamroq ekani ma'lum bo'ldi. Yangi bilim va ko'nikmalarni o'rganish, krossvordlarni yechish, shaxmat o'ynash va kompyuterdan foydalanish samarali sevimli mashg'ulotlar sirasiga kiradi.
Tikuvchilik, to'quvchilik, rasm chizish va kitob o'qish bilan mashg'ul bo'lganlarda neyrodegenerativ kasallik xavfi atigi yetti foizga kamaydi, deb xabar beradi lenta.ru.