Dengiz hamrohligida dars

    Ispaniyaning Mursiya shahridagi maktablardan biri koronavirus xavfini kamaytirish uchun sinflarni Los Nietos sohiliga koʻchirdi.

    Bu Fresh Air dasturining bir qismi boʻlib, pandemiya davrida bolalar uchun havo sifatini yaxshilashga qaratilgan» deydi Reuters.

    Dasturga koʻra, 12 yoshgacha boʻlgan 8 ta sinf oʻquvchilari endi ochiq havoda – sohilda oʻqimoqda.

    Parta va sinf taxtasi qum ustiga oʻrnatilgan. Oʻquvchilar masofa saqlagan holda niqobda oʻtiradi. Darslar davomiyligi 20 daqiqani tashkil etadi.

    Mahalliy aholi ham dars jarayonida oʻqituvchilarga faol yordam koʻrsatmoqda. Masalan, tarix darsida odamlar Rim imperiyasi askarlari qiyofasidagi namoyon boʻldi. Baliqchilar esa bolalarni ov toʻrlari bilan tanishtirib, ularga ov sirlarini oʻrgatmoqda.