Bosh prokuratura matbuot kotibining xabariga koʻra, Denovdagi savdo majmuasida yuzaga kelgan chaqnash hodisasi boʻyicha tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida 15-dekabr kuni Denov shahar gaz boʻlimi boshligʻi, "Hududgaz Surxondaryo gaztaʼminoti"ning 2 nafar xodimlari jami 3 nafar shaxsga JKning 116 (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 214-moddalari (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi) bilan ayb eʼlon qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.