Denovlik Dilorom Yoʻldoshevaga “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi

    Prezidentimiz dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli roʻyxatiga kirgan Denovlik Dilorom Yoʻldoshevaning ishlarini eʼtirof etdi.

    Tahlillar koʻrsatganidek, baʼzi nogironligi bor insonlarda psixologik bosimlar sababli oʻziga boʻlgan ishonch yetishmaydi.

    Lekin oʻzida kuch topib, ogʻir vaziyatdan chiqib, qahramonlik koʻrsatayotgan odamlar ham koʻpligi taʼkidlandi.

    Prezidentimiz dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli roʻyxatiga kirgan Denovlik Dilorom Yoʻldoshevaning ishlarini eʼtirof etdi. Bu ayol nogironligi bor boʻlsa-da, tikuv korxonasini ochib, 40 nafar kambagʻal xotin-qizlarni ishli qildi.

    Mana shunday irodali, matonatli insonlarni hammaga oʻrnak qilib koʻrsatsak, ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, – dedi davlatimiz rahbari.

    Prezident farmoniga muvofiq, yigʻilishda Dilorom Yoʻldoshevaga “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi.

    Kelgusi yilda bunday insonlar haqida kamida 5 ta motivatsion hujjatli va badiiy filmlar suratga olish muhimligi taʼkidlandi.

    Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Sh.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.