Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, payshanba kuni kechqurun Denver aeroportida American Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot harakatlanayotganida unda tutun paydo bo'lgan va keyinchalik yong'in yuz bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan kadrlarda yo'lovchilar shoshib samolyotni tark etgani, ba'zilari esa uning qanotiga chiqib borganini ko'rish mumkin. Guvohlarning so'zlariga ko'ra, yong'inga reaktiv yonilg'ining yonishi sabab bo'lgan, deb xabar beradi report.az.