ESPN nashri tarqatgan xabarga koʻra, ushbu superjang 9-mart kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan boks oqshomining asosiy toʻqnashuvi boʻladi. Har ikki bokschining ushbu jang shartomasiga imzo chekkani aytilmoqda.

Eʼtiborga molik jihati shundaki, ikkala bokschi ham 23-dekabr kuni aynan Ar-Riyod shahrida oʻtkaziladigan prof boks kechasida ringga koʻtariladi. Uaylder oqshomning asosiy jangida sobiq jahon chempioni Jozef Parker bilan toʻqnash keladi. Joshua esa Otto Vallin bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi.

Maʼlumot uchun, sobiq WBC chempioni Deontey Uaylder soʻnggi jangini oʻtgan yilning oktyabr oyida finlyandiyalik Robert Xeleniusga qarshi oʻtkazib, birinchi raunddayoq raqibini nokautag uchratgandi. Entoni Joshua esa shu yilning oʻzida ikkita jangda ringga chiqdi hamda Jermeyn Franklin va Robert Xeleniusdan ustun keldi.