Deputat 110 ta xonadon qarzdorligini to'lab berdi

    Ijtimoiy hayot 25 May 2020 1654

    Xalqimizning mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlari namunasi sifatida «Saxovat va ko'mak» umumxalq harakati yo'lga qo'yildi.

    Uning doirasida tadbirkorlar, yirik korxona, tashkilotlar va ko'ngilli fuqarolar o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib saxovat amallarini bajardilar.

    Ana shunday e'zgu ishlarga qo'l urgan deputatlarning ham safi kengayib bormoqda. “Milliy tiklanish” partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasiga saylangan deputat Jahongir Abdurasulov Asaka tumanidagi 54 ta MFYdagi 110 ta kam ta'minlangan ehtiyojmand honadonlarning elektr energiyasi uchun to'lanadigan soliq to'lovlarini to'lab berdi.

    Majburiy ijro byurosining Andijon viloyat boshqarmasi, Asaka tuman bo'limi boshlig'i SH.Xamidovning ma'lumotiga ko'ra, MFYlari raislari tomonidan taqdim etilgan ro'yxat asosida elektr eenergiyadan qarzorligi bo'lgan kam ta'minlangan oilaning har biriga 100 ming so'mdan, jami 11 000 000 so'm miqdoridagi mablag'lar deputat tomonidan to'lab berilgan.

    “Milliy tiklanish” partiyasi deputatlaridan juda minnatdorman. Kuni kecha tumanimiz deputatlari oziq-ovqat, moddiy yordam tashlab ketishgandi. Bugun esa Oliy Majlis Qonunchilik Palatasidagi deputat qarzdorligimizni to'lab berishdi. Bu safargi deputatlarni tanlashda adashmagan ekanmiz. Madad qo'llarini uzatgani uchun Jahongir o'g'limga rahmat. “Milliy tiklanish” partiyasiga tashakkur.” - deydi Niyozbotir MFY, Farg'ona ko'chasida istiqomad qiluvchi Qizlarxonaya Olimjonova.

    Topganini qarindosh-urug', qo'ni-qo'shnilari bilan baham ko'radigan qo'li va ko'ngli ochiq xalqimiz saxovatli ekanligi bilan ham ajralib turadi. Bu a'nanalar esa xalqimizning boy ma'naviy merosi, madaniyatini o'zida aks ettiradi.

    Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, “Saxovat va ko'mak” umumxalq harakati davlatimiz va xalqimiz qudratining amaliy namoyoniga aylanib bormoqda.

    Kamola Abduvalieva
    “Milliy tiklanish” partiyasi
    Andijon viloyat Kengashi matbuot kotibi