Deputat mahallada

    Депутатлар ва халқ ўртасида доимий мулоқотни амалга ошириш, ҳудудларда одамларни қийнаб келаётган муаммоларни жойига чиққан холда ўрганиш ва бартараф этиш чораларини кўриш мақсадида Ўзбекистон ХДП тадбирларни бошлаб юборди.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 20-noyabr kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida Prezidentimiz tomonidan siyosiy partiyalarning jamiyatimiz hayotida tutgan oʻrni va mavqeyini mustahkamlash borasida bir qator vazifalar belgilab berildi.

    Deputatlar va xalq oʻrtasida doimiy muloqotni amalga oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan qonun hamda qarorlarning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish, hududlarda odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan xolda oʻrganish va bartaraf etish choralarini koʻrish maqsadida Oʻzbekiston XDP tadbirlarni boshlab yubordi.

    Xususan, Jizzax viloyat partiya kengashi tomonidan Paxtakor tumanidagi “Chamanzor« MFYda tuman hokimi A.Ashurov, OʻzXDP Jizzax viloyat kengashi raisi N.Xolmatov, deputatlar hamda barcha masʼul rahbarlar ishtirokida «Deputat mahallada” loyihasi doirasida uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda fuqarolar bilan suhbatlashildi, ularni qiynayotgan masalalar yozib olinib, joyida masʼullarga ijobiy yechim qilinishi boʻyicha biriktirildi.

    Murojaatlarning mazmuniga qarab, ayrimlari huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berildi.