Tadbir davomida aholi tomonidan ijaraga yer ajratish, bolalar nafaqasi, nogironlik tayinlash va boshqa masalalarda murojaatlar boʻldi. Kommunal sohasidagi, nogironlik pensiyasini tayinlash va bola puli masalalari joyida ijobiy hal etildi. Ichimlik suvi, uy taʼmirlash va yana bir qator vaqt talab etadigan murojaatlarga yechim topish boʻyicha muddat belgilandi.
Chirchiq shahar Kengashi XDP guruhi aʼzosi Oybek Bozorov ham saylovchilar turmush tarzini oʻrgandi. Xususan, “Muruvvat” MFY hududida yashovchi “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi, boquvchisini yoʻqotgan, oilasida nogironlari bor, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan va ishsiz fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Har bir murojaat mahalla faollari hamkorligida oʻrganib chiqildi, ularga huquqiy maslahat berildi va murojaatlar, oʻrganishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga xat yuborildi.
Masalan, fuqaro M.Babaqulovadan farzandi X.Babaqulovaning uyda tugʻilgani sababli guvohnoma ololmagani toʻgʻrisidagi murojaati yuzasida zarur hujjatlar tayyorlanib, mutasaddi tashkilotlarga yuborildi va fuqaro X.Babaqulovaga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.