Bugungi kunda “Milliy tiklanish” partiyasi tomonidan deputatlarimiz ishini samarali tashkil etish, mahalliy kengashlar faoliyatini jonlantirish kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo'lib turibdi.
Jumladan partiya Markaziy Kengashi tomonidan zoom pragrammasi orqali partiya mahalliy kengashlari deputatlarining faoliyatlarini jonlantirish va samarali tashkil etish maqsadida onlayn muloqotlar o'tkazib kelinmoqda.
Bugunning talabi kundan kunga o'tkirlashib, deputatlardan nafaqat o'z-o'zini tashkillashtirish va boshqarishni balki, fuqarolarga davlat tomonidan ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning joylarda amalga oshirilishini ta'minlashda ham faollikni talab etmoqda.
Deputalarimiz faoliyatidan xalq rozi bo'lishi lozimligi, endilikda ulardan faollashuv va dadillik talab qilinayotgani hech birimizga sir emas.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2018 yil yakunlariga bag'ishlab Parlamentga qilgan murojaatida vakillik organlari faoliyatiga alohida to'xtalib,bir qator tanqidiy fikrlarni bildirganlari, deputatlar e'tiborini ustuvor vazifalarga qaratgani ham bejiz emas albatta.
YUqoridagilarni e'tiborga olib partiya Andijon viloyat Kengashi mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida mavjud huquq va imkoniyatlardan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratmoqda.
Xususan, Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlariga joriy yilning birinchi choragi davomida 340 nafar saylovchilardan turli hil murojaatlar kelib tushgan bo'lsa, ularning 207 tasi yuzasidan turli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so'rovlari bilan chiqdilar. Murojaatlarning deyarli barchasini ijobiy hal etishga erishib kelinmoqda. Murojaatlar yuzasidan esa deputatlik guruhlari tomonidan 39 nafar mansabdor shaxslarning xisobotlari tinglandi.
Jumladan, Andijon viloyati, Bo'ston tumani, CHorvador MFY faollari tomonidan qishloqda suv ta'minoti masalalaridagi muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Xalq deputatlari Bo'ston tuman Kengashi deputati, “Saidkamol 2020” fermer xo'jaligi rahbari Ilxomjon Po'latov tuman “Suvoqova” rahbari Jasurbek Sobirovga deputatlik so'rovi chiqarib, aholi ehtiyojlariga mutasaddilar e'tiborini qaratdi.
“Tiklanish” ko'chasida yashovchi mahalliy aholining ta'kidlashlaricha suv ta'minoti bo'lmaganligi bois aholi ichimlik suvini juda uzoq masofadan toshishga majbur bo'layotganliklari, bu esa keksalar, yosh bolalik onalar, bemor va qarovchisi yo'q honadonlaruchun qiyinchiliklar tug'dirayotgan edi.
Deputat tashabbusi bilan 20 kun muddatda 50 dan ortiq xonadon ichimlik suvi bilan ta'minlandi. Har bir xonadonnning uyi oldida suv jo'mraklarining o'rnatilishi, ular uchun ramazonning eng yaxshi tuxfasi bo'ldi.
– Deputatimiz tashabbusi bilan CHorvador MFY aholisi ham anchadan buyon muammo bo'lib kelayotgan masalaga echib topdi. 50dan ortiq xonadonlarimiz toza ichimlik suvi bilan ta'minlandi. Masalani paysalga solmay, ramazon kunlarida ozirimizni engil qilganidan mamnunmiz. Deputatimiz ushbu MFYdagi kam ta'minlanganlarga ham doimiy homiylik ko'maklarini berib keladi, - deydi CHorvador MFY fuqarosi nafaqadagi G'ulomjon Jumaboev.
Quvonarlisi shundaki “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan mahalliy Kengash deputatlari bugun joylardagi mavjud muammolarni partiyaviy vositalar orqali hal etish, saylovchilar va elektorat vakillari bildirgan ishonchni oqlash masalalariga asosiy vazifa sifatida qarab, kundalik vazifasiga aylantirganlar.
Darxaqiqat, xalqning ishonchli vakili bo'lishning ham o'ziga hos mas'uliyatlari va majburiyatlari bor. Ularni qalb amri va vijdon talabi bilan bajarganlar xalq e'zoziga sazovor bo'laveradilar.
Kamola Abduvalieva
“Milliy tiklanish” partiyasi Andijon
viloyat Kengashi matbuot kotibi