Bugun, 2021-yil 8-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – turizm va sport vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimovning nomzodni koʻrib chiqdilar.

Xalq vakillari tomonidan Aziz Abduhakimov nomzodi maʼqullandi.