Deputatlar tashabbusi bilan bog' tashkil etilmoqda

    Qarshi shahrida deputatlar tashabbusi bilan 2 gektar erda bog' tashkil etilmoqda.

    Qashqadaryo sohili sanatoriyasi hududidan ajratilgan mazkur erda 1200 dona xurmo va 250 dona eldor sasnasi ekiladi.

    Hozirda erni ko'chat ekishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

    Qarshi shahar hokimi Normo'min Xolboev deputatlar bilan bu erda amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirib, o'z tavsiyalarini berdi.