Deputatlar va mahalla ettiligi uchrashuvi

    Uchrashuvda aholi muammolari o'rganilib, ularning echimi yuzasidan deputatlar hamda mahalla faollarining savollari eshitildi va ijrosi nazoratga olindi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Mavjuda Hasanova Uzun tuman kengashi deputati Sanginoy Ikromova bilan birgalikda “Mustaqillikning 22-yilligi” mahallasi faollari bilan uchrashdi.

    Muloqotda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan qonunlar hamda qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan soʻz yuritildi. Shuningdek, uchrashuvda aholi muammolari oʻrganilib, ularning yechimi yuzasidan deputatlar hamda mahalla faollarining savollari eshitildi va ijrosi nazoratga olindi.

    Tizimli masalalar boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi taʼkidlab oʻtildi.