Deputatlik soʻrovi chiqarildi

    Oʻrganishlar davomida kitobxonlar uchun qulay sharoitlar yaratib berish masalasi markaz xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.

    Oʻzbekiston XDPdan Nishon tumani kengashi deputatligiga saylangan deputat G.Sayidalimova dastlabki ishini ijtimoiy soha obyektlarini oʻrganishdan boshladi. Deputat G.Sayidalimova tumandagi Axborot-kutubxona markazida boʻldi.

    Oʻrganishlar davomida kitobxonlar uchun qulay sharoitlar yaratib berish masalasi markaz xodimlari ishtirokida muhokama qilindi. Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va muassasalarga deputatlik soʻrovi chiqarilib, ijrosi nazoratga olindi.