Ularda hozircha musulmonlarning peshin va asr namozlari hamda juma kungi namozni jamoat bo'lib o'qishlariga ruxsat beriladi. Boshqa paytlari esa masjidlarda yakka holda ibodat qilishga mumkin bo'ladi.

Turkiya ichki ishlar vazirligi mamlakatda yana 81ta masjidlarning ochilishi bo'yicha farmon yuborgan.

Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Kochaning ma'lum qilishicha, masjidlarga borish 20 yoshdan kichik va 65 yoshdan oshganlar uchun cheklovlar saqlanib qoladi.

Ma'lumot uchun, Turkiyada masjidlar 19 martda yopilgan edi.