Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda ushbu kasallik yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi.
Vabo vibrioni daryo suvida 18 kundan 5 oygacha, muzda bir necha oy, ariqlarda bir necha kun, dengiz suvida ikki hafta, sovuq vaqtda najasda bir necha oy, axlat chuqurlarida 3 oygacha, ichki kiyimlarda 2 oy, qum tuproqda bir necha oy, suv havzalarida 15—30 kun, sut va yogʻda bir oygacha, kartoshkada 2 haftagacha, hoʻl mevada bir necha kungacha tirik qolishi mumkin.
Dezinfeksiyalovchi moddalar vibrionni tez oʻldiradi. Suv qaynatilganda ham vibrion tez oʻladi.