Ushbu qo‘llanmalar asosida Nukus tumani, To‘rtko‘l, Amudaryo tumanlarida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningga Nukus tumanidan 47 ta, To‘rtko‘l tumanidan 32 ta va Amudaryo tumanidan 42 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan pedagog kadrlar qatnashdi.
Seminarda asosan didaktik materiallar va o‘quv metodik qo‘llanmalardan pedagog kadrlar amaliyotda qanday foydalanishi, 5 ta markazning qanday tashkil etilishi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Ishtirokchilar tomonidan chet-tilida nashr etilgan ertak kitoblarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilish bo‘yicha o‘zlarining takliflarni bildirdi, deb xabar beradi Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati.









