“Digital university” MCHJ litsenziyasi bekor qilindi

    “Digital university” masʼuliyati cheklangan jamiyat litsenziyasi bekor qilindi. Bu boʻyicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori qabul qilindi.

    Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, bunga MCHJning litsenziya talab va shartlariga amal qilmaganligi sabab boʻlgan.

    Maʼlumot uchun “Digital university” MCHJga 2022-yil 13-sentyabrda nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun 038673-sonli litsenziya berilgan edi.