DIIHB 400-missiyasini Oʻzbekistonda boshlamoqda

    Saylov 15 Sentabr 2021 1067

    YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi oʻz missiyasi boshlanishi oldidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani oʻtkazdi.

    Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byuroning 30 yillik faoliyati doirasidagi 400-missiyasi hisoblanadi. Shuningdek, DIIHB 1999-yildan buyon Oʻzbekistonda oʻtkazilgan 8 ta saylovda ishtirok etgan.

    2016-yilgi Prezident va 2019-yilgi parlament saylovlarida toʻlaqonli missiyasi bilan qatnashgan. Bu siyosiy jarayonlar boʻyicha yakuniy hisobotida Oʻzbekistonda saylovlar jarayonini takomillashtirish boʻyicha 32 ta tavsiya taqdim etgan edi. Bu tavsiyalarning 18 tasi toʻla qabul qilindi, 3 tasi qisman qabul qilindi, 8 tasi koʻrib chiqilmoqda.

    DIIHB maʼlum qilishicha, byuroning asosiy guruhi, yaʼni 11 nafar kuzatuvchi 14-sentyabr kuni Oʻzbekistonga yetib keldi va keyingi hafta 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchilar kelishi kutilmoqda. Saylov kunidan taxminan bir-ikki kun oldin 250 nafar kuzatuvchi kelishi rejada bor. Ushbu kuzatuvchilar Oʻzbekiston hududi boʻylab barcha saylov jarayonlarini kuzatib boradi.