Dilafruz Ahmadxonova ham Jahon chempionati sovrindoriga aylandi

    Sportchimiz 8 metr 84 sm natija bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.

    Parij shahrida o'tayotan para yengil atletika bo'yicha Jahon chempionatining navbatdagi kunida yana bir vakilimiz shohsupaga ko'tarildi, deb yozmoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi.

    Ayollar o'rtasida F35 klassida yadro uloqtirish dasturida hamyurtimiz Dilafruz Ahmadxonova 8 metr 84 sm natija bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.