Dilmurodjon Maʼrufjonov Jahon chempioni boʻldi

    Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida oʻtkazilayotgan taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Dilmurodjon Maʼrufjonov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

    Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.

    Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida oʻtkazilayotgan taekvondo WT boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medalga ega chiqdi.

    -45 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan sportchimiz Dilmurodjon Maʼrufjonov meksikalik Xuan Rodrigesni 2:0 (18:15; 14:6) hisobida magʻlubiyatga uchratdi.