Bu haqda Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi xabar berdi.
U 1959-yil 1-oktyabrda Toshkent shahrida musiqachilar oilasida tugʻilgan. Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida fortepianodan tahsil olgan.1978−1984-yillarda Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetida oʻqigan. 1989-yilda Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasiga aʼzolikka qabul qilingan.
Dilorom Omonullayeva 1984−1986-yillarda Guliston sanʼat bilim yurtida musiqa fanlaridan dars bera boshlagan. 1993−2002-yillarda Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida oʻqituvchi, kompozitorlik boʻlimi boshligʻi, 2002−2022-yillarda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining “Estrada xonandaligi” kafedrasi mudiri, dotsent, professor vazifalarida faoliyat olib borgan.
2022-yildan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi qoshidagi Botir Zokirov nomidagi milliy estrada sanʼati instituti “Estrada xonandaligi” kafedrasi mudiri, professor lavozimlarida ishlagan.
Uning “Siz yoqqansiz menga hamisha”, “Yomgʻir yogʻdi” “Saraton”, “Sen qaydasan”, “Ikki daraxt”, “Azizim”, “Yigʻlama”, “Yolgʻon dunyo”, “Men seni hech kimga bermayman”, “Baxtiyorim”, “Yashnayver, Oʻzbekiston”, “Qora atlas”, “Armon boʻlmasin”, “Koʻnglim qushi qoʻlingda”, “Otash zamon”, “Bilsang edi”, “Eligiya” va boshqa shu kabi bastalangan asarlari (250 dan ortiq) bor.









