Mazkur festivalning “Gran pri” sohibasi, yosh rejissyor Dilshoda Qosimova festivaldagi taassurotlari soʻzlab berdi:
“Kinematografiya agentligi huzuridagi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida gʻolib boʻlgan ssenariy loyihalari asosida “Hali urush tugamadi” qisqa metrajli filmini yaratdik.
Postanovkachi rejissyor sifatida bu kinokartina men uchun katta ijodiy loyiha boʻldi. Agentlik tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar kengayib bormoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlaridan andoza olgan holda biz yosh ijodkorlar ham yuqori saviyali, xalqimizga manzur boʻladigan kinofilmlar yaratishimiz lozim.
“Hali urush tugamadi” kinokartinasi “Debyut start-2021” festivalida “Eng yaxshi operatorlik ishi”, “Eng yaxshi rassom”, “Yangi Oʻzbekistonning gʻoyasi” nominatsiyalarida hamda I va III darajali “Gran pri” maxsus mukofotlarini qoʻlga kiritdi. Bu mening ijodimdagi eng katta yutuq boʻldi!”