Diniy taʼlim muassasalari muallimlari va talabalarining moddiy taʼminoti oshiriladi

    Ta'lim 21 Sentabr 2021 913

    Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Oliy hayʼatining maxsus qarori bilan Oliy va oʻrta maxsus islom bilim yurtlari muallimlari oylik maoshlari va stipendiyalari 20-sentyabrdan boshlab qariyb ikki barobar oshiriladigan boʻldi.

    Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Hayʼat, shuningdek pandemiya sharoitida murakkab moliyaviy vaziyatga tushib qolgan masjidlar xodimlariga ham moliyaviy koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisida tegishli qaror chiqargan.